Donnarumma kelajagi haqida gapirdi
Photo: Getty Images
"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Klub bilan shartnomam yana bir yilga amal qiladi. Hammasi nafaqat menga, balki "PSJ"ga ham bog‘liq.
Agar klub mening qolishimni istasa, men bu yerda o‘ynashda davom etaman. Biz faqat shartnomani uzaytirishimiz kerak, ammo qaror "PSJ"da", - deydi Donnarumma.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli darvozabon parijliklar safida 2021 yildan buyon o‘ynamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist