locale OZ

Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin

Italiyalik posbonga uning sobiq klubi “Milan” hamda “Inter” qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarumma klub moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha jiddiy jazoga tortilsa, Angliyani tark etishi mumkin. Italiyalik posbonga uning sobiq klubi “Milan” hamda “Inter” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Donnarumma “Manchester Siti”ga o‘tishidan avval ham Milan shahrining ikki grandi uning transferi imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Agar ingliz klubidagi vaziyat murakkablashsa, “Milan” va “Inter” 27 yoshli darvozabon uchun yana kurashga qo‘shilishi mumkin.

Donnarumma — “Milan” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U 2015–2021-yillarda klubning asosiy jamoasi safida to‘p surgan, shundan so‘ng PSJga o‘tgan. 2025-yilda esa faoliyatini Angliyada, “Manchester Siti” safida davom ettirgan.

Ma’lumot uchun, Donnarumma joriy mavsum barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o‘tkazib yuborgan. Hozircha uning transferi bo‘yicha “Milan” yoki “Inter”dan rasmiy taklif borligi haqida ma’lumot yo‘q.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting