locale OZ

Donnarumma Holand va Mbappe oʻrtasida tanlov qildi

Italiyalik posbon hozirda «Man Siti» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma Holand va Mbappe oʻrtasida tanlov qildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma «shaharliklar» hujumchisi Erling Holand va «Real» forvardi Kilian Mbappe oʻrtasida tanlov qildi.

Eslatib oʻtamiz, italiyalik posbon 2021/2024 yillar oraligʻida Mbappe bilan birga «PSJ» sharafini himoya qilgan.

«Erling chap oyoqli, shu bois u Kiliandan farq qiladi. Ikkalasi ham raqiblarga bosim oʻtkaza oladi, ularga qarshi oʻynash oson emas. Shunday boʻlsa-da, men jamoamda Erling o‘ynashini afzal koʻrgan boʻlardim», — dedi Donnarumma.

Maʼlumot uchun, Holand joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe esa 15 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol va 2 assist muallifiga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting