locale OZ

Donnarumma bilan Yevropaning uchta grand klubi qiziqmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma bilan Yevropaning uchta grand klubi qiziqmoqda
Photo: Getty Images

Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarumma “Pari Sen-Jermen” klubini tark etish arafasida turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar Donnarummaga jamoani tark etish kerakligini ochiq-oydin bildirgan. Shu sababli, yaqin bir hafta ichida uning kelajagi borasida aniq qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Hozirda darvozabon uchun kurashda “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” klublari ishtirok etmoqda.

“Manchester Siti” yaqin kunlarda transfer masalasida faol harakat boshlaydi. “Bavariya” ham darvozabonga qiziqish bildirgan, biroq hozircha muzokaralar boshlanmagan. “Chelsi” esa vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, lekin hali hech qanday rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting