locale OZ

Donnarumma 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni — FIFA

U 7 nafar darvozabonni ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni — FIFA
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma FIFA talqiniga ko‘ra o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Shu tariqa, italiyalik darvozabon eng yaxshi darvozabonga beriladigan The Best mukofotini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan yili Italiya terma jamoasi posboni "PSJ" safida Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi.

Shuningdek, Alisson Bekker ("Liverpul" va Braziliya), Tibo Kurtua ("Real" va Belgiya), Emiliano Martines ("Aston Villa" va Argentina), Manuel Noyer ("Bavariya" va Germaniya), David Raya ("Arsenal" va Ispaniya), Yan Sommer ("Inter" va Shveysariya) ham sovringa da'vogarlik qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting