locale OZ

Doniyor Usmonov: «So‘g‘diyona» o‘zi yaratgan imkoniyatlardan foydalandi»

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan «Surxon» va «So‘g‘diyona» uchrashuvida 1:3 natijasi qayd etildi va termizliklar mag‘lubiyatga uchrashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Doniyor Usmonov: «So‘g‘diyona» o‘zi yaratgan imkoniyatlardan foydalandi»
photo: Surxon fk

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan «Surxon» va «So‘g‘diyona» uchrashuvida 1:3 natijasi qayd etildi va termizliklar mag‘lubiyatga uchrashdi.

O‘yindan keyin «Surxon yordamchi murabbiyi Doniyor Usmonov mag‘lubiyat sababi haqida fikr bildirdi.

— Uchrashuv haqida fikrlarim... Birinchi bo‘limni faol boshladik. O‘yinning boshini yaxshi boshladik. Hammasi bizning nazoratimiz ostida bo‘layotgan edi. Ikkinchi taymga chiqqanda, o‘zimizda bo‘lgan imkoniyatlardan foydalana olmadik va raqibimiz — «So‘g‘diyona» jamoasi o‘zi yaratgan imkoniyatlardan foydalandi. Biz esa hamma narsani o‘tkazib yubordik.

O‘yin to‘g‘risida qisqacha aytganda, mening fikrim shu. Lekin yigitlar qo‘ldan kelgancha borini berib o‘ynashdi. Hammalariga unchalik e’tirozim ham yo‘q. Nafaqat men, balki murabbiylar shtabi — hammamizning hech kimga e’tirozimiz yo‘q. Lekin o‘sha qaysidir vaziyatda bizga bugungi o‘yinda sovuqqonlik biroz yetishmadi, deb o‘ylayman», - deya Usmonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting