locale OZ

Doniyor Narzullayev — \"Metallurg\" futbolchisi!

Doniyor professional faoliyati davomida "Nasaf", "Metallurg", "Neftchi" va "Sho‘rtan" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Doniyor Narzullayev — "Metallurg" futbolchisi!
photo: Metallurg FK

Yangi mavsumga reja asosida puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish ishlarida ham faollikni unutmayapti.

Jumladan, yarim himoya chizig‘iga tajribali futbolchi, o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Doniyor Narzullayev taklif etildi. 2021-yil klubimiz sharafini himoya qilgan vinger Bekobodga qaytdi va yangi mavsumda "Metallurg" safida to‘p tepadi.

Tajribali futbolchi O‘zbekiston Superligasida 156 ta o‘yinda 10 ta gol urgan va 11 marta sheriklariga golli uzatma yetkazib bergan. Osyo Chempionlar Ligasida 11 uchrashuvda maydonga tushgan (2 ta assist), OChL 2 musobaqasining 2 bellashuvida (1 ta assist) va OFK Kubogida 4 ta o‘yin (1 ta assist) o‘tkazgan. O‘tgan mavsum G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lib, klub safida Superliganing 26 uchrashuvida 6 ta gol urib, 4 ta golli uzatma yetkazib bergan, qator bellashuvlarda jamoani maydonga sardor sifatida boshlab tushgan.

Doniyor professional faoliyati davomida "Nasaf", "Metallurg", "Neftchi" va "Sho‘rtan" jamoalari sharafini himoya qilgan.

"Doniyor Narzullayev yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.

Doniyor Narzullayev
Tug‘ilgan sanasi: 11.04.1995
Tug‘ilgan joyi: Qarshi shahri
Bo‘yi: 1.81
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Nasaf", "Metallurg", "Neftchi", "Sho‘rtan".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting