locale OZ

Donald Tramp 2026 jahon chempionatini tarixdagi eng muvaffaqiyatli mundial deb atadi

Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donald Trump 2026 jahon chempionatini tarixdagi eng muvaffaqiyatli mundial deb atadi
ФОТО: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp bo‘layotgan jahon chempionati — 2026ni FIFA tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi deb atadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

«Bu FIFA tarixidagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionati. Ular hech qachon chiptalarni bunday darajada sotmagan. Ular hech qachon chiptalarni bunchalik tez sotmagan. Bu aqlga sig‘mas holat, chunki biz bu yerda “sokker” so‘zini ishlatamiz, shunday emasmi? Bu mamlakatda sokker haqida o‘ylashmaydi. Bu eng muvaffaqiyatli jahon chempionati.

Men Gianni [Infantino] bilan gaplashdim. U ajoyib rahbar. U bunga o‘xshash holat avval hech qachon bo‘lmaganini aytdi», – deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting