locale OZ

Dökeresh: «Potter terma jamoaga juda ko‘p ijobiy energiya olib keldi»

Eslatib o‘tamiz, ingliz mutaxassisi Shvetsiya termasini 2025 yilda qabul qilib olgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dökeresh: «Potter terma jamoaga juda ko‘p ijobiy energiya olib keldi»
ФОТО: Getty images

Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Dökeresh bosh murabbiy Grem Potter qo‘l ostidagi ish jarayoni va jamoada ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, ingliz mutaxassisi Shvetsiya termasini 2025 yilda qabul qilib olgan edi.

“O‘ylaymanki, u jamoaga juda ko‘p ijobiy energiya olib keldi. Maydonda ham, undan tashqarida ham jamoaviy birdamlik va o‘zaro bog‘liqlik qanchalik muhimligini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

U bizdan ishlab chiqilgan rejaga qat’iy amal qilishimizni, futbol o‘ynashdan zavq olishimizni hamda Shvetsiya sharafini himoya qilish biz — futbolchilar va butun mamlakat uchun qanchalik ahamiyatli ekanini tushunishimizni talab qiladi”, — deya Dökereshning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting