locale OZ

Dmitriy Selyuk: Fayzullaevning Turkiyaga o'tishi – bu CSKAning emas, O'zbekiston terma jamoasining yutug'i

Agentga ko'ra, Abbos milliy jamoada asosiy o'yinchiga aylangani uchun transfer amalga oshdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Futbol agenti Dmitriy Selyuk "Osiyo Sport" nashriga bergan intervyusida Markaziy Osiyo futboli va Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaga transferi haqida fikr bildirdi.

"Abbosning Turkiyaga o'tishi, avvalo, O'zbekiston terma jamoasidagi muvaffaqiyatli o'yinlari bilan bog'liq. U yerda u asosiy futbolchilardan biri edi va jamoa Jahon chempionatiga chiqdi. CSKAning bu transferdagi xizmati minimal, chunki o‘tgan mavsumda u har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmagan", — dedi Selyuk.

Agent, shuningdek, muxlislarning Fayzullaev klubdan ko‘ra milliy jamoaga ko‘proq e’tibor qaratgani haqidagi fikriga izoh berdi:
"Ha, ko‘rib turibsizlar, hamma narsa aniq".

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting