Dmitriy Pletnyov «Surxon»ni tark etdi
Photo: Surkhan PFK
Rossiyalik yarim himoyachi Dmitriy Pletnyov "Surxon"ni tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi bir yarim mavsum davomida termizliklar safida harakat qildi. Ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, jamoani tark etdi.
Hamkorlik davrida Pletnyov "Surxon" tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo‘yicha 6 (2+4) ochko jamg‘ardi.
"Klubimiz Dmitriyga maydondagi fidoyiligi va professionalligi uchun minnatdorchilik bildiradi hamda keyingi faoliyatida omad tilaydi", – deyiladi klub xabarida.
Bahrom Bobonov
Redaktor