locale OZ

Dmitriy An: «O‘zbekistonning ishtiroki menga yoqdi. Yigitlar yaxshi harakat qildi»

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichida ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dmitriy An: «O‘zbekistonning ishtiroki menga yoqdi. Yigitlar yaxshi harakat qildi»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi Dmitriy An milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqqanining o‘zi katta qadam bo‘ldi. Jamoa tarixga kirdi. Terma munosib o‘yin ko‘rsatdi. Ayrim xatolar bo‘ldi, ammo mag‘lubiyatsiz g‘alaba bo‘lmaydi. Yigitlar yaxshi harakat qildi, menga ularning o‘yini yoqdi. Endi yanada oldinga intilishimiz kerak.

Muxlis sifatida terma keyingi bosqichga chiqishiga umid qilgandik. Ishongandik, ammo bu safar nasib qilmadi», — dedi An.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichida ishtirok etdi. Jamoa guruh bosqichida munosib kurash olib borgan bo‘lsa-da, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting