locale OZ

Dmitriy An: «Oʻzbekiston terma jamoasining guruhdan chiqishini kutaman»

Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi JCh-2026dagi umidlari bilan oʻrtoqlashdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Dmitriy An: «Oʻzbekiston terma jamoasining guruhdan chiqishini kutaman»
FOTO: Getty Images

Moskvaning SSKA klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» jamoasida toʻp surayotgan Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi Dmitriy An Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirdi.

«Oʻzbekiston terma jamoasining guruhdan chiqishini kutaman. Imkoniyatlar bor. Oʻylashimcha, ayrim futbolchilarda hayajon boʻladi, ammo tajribaliroq yigitlar oʻzlarini qoʻlga olib, oʻz oʻyinlarini koʻrsatishadi. Mening fikrimcha, barcha jamoalarni yengsa boʻladi, asosiysi — kayfiyat, omad va raqibdan qoʻrqmaslik.

Guruh bundan yaxshiroq boʻlishi ham, yomonroq boʻlishi ham mumkin edi. Terma jamoaga muxlislik qilamiz, baribir bu Jahon chempionatidagi birinchi ishtirok. U yerda juda katta muxlislar armiyasi yigʻiladi», — dedi An.

Maʼlumot uchun, JCh-2026 guruh bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting