locale OZ

Djekeresh Portugaliyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi

U o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatida 33 o‘yinda 39 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Djekeresh Portugaliyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images

Portugaliya futbolida 2024/25 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Liga Portugal Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Djekeresh mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

27 yoshli shved futbolchisi Portugaliya chempionatida 33 ta o‘yinda 39 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Eng yaxshi gol muallifi "Farense" futbolchisi Elvis Balde, mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi esa "Sporting" futbolchisi 18 yoshli Jeovani Kenda bo‘ldi. U Portugaliya chempionatida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting