locale OZ

Diyor Xolmatov: «Nasaf»ni mag'lub etib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz»

"Navbahor" futbolchisi o'yin oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diyor Xolmatov: "Nasaf"ni mag'lub etib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz"
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Nasaf" uchrashuvi arafasida "lochinar"ning 24 yoshli yarim himoyachisi Diyor Xolmatov bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bo‘lajak uchrashuvda chiroyli o‘yin namoyish etib, g‘alabali seriyamizni davom ettirishni xohlaymiz. Shu orqali muxlislarimizga va biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimiga quvonch ulashish niyatidamiz. Buni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Bu safargi raqibimiz — "Nasaf" kuchli jamoa. Uning tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Biz raqibni o‘rganib chiqdik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Xudo xohlasa, "Nasaf"ni mag‘lub etib, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz", — dedi Diyor Xolmatov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting