Diyego Simeone «Selta»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: «Vaziyatni tan olishimiz kerak»
Madridning «Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida «Selta»dan qabul qilingan mag‘lubiyatga (0:1) izoh berdi.
«Biz yana vaziyatni tan olish tushunchasiga qaytdik. Hozirgi holatimizni ijobiy deb bo‘lmaydi, chunki bizda uchta imkoniyat bo‘ldi va ularning birortasidan foydalana olmadik. Ularda esa Borxa Iglesiasda vaziyat bo‘ldi va u yakuniy zarbada yuqori mahorat hamda sovuqqonlik ko‘rsatdi. Yigitlar bor kuchlarini berishdi, ortiqcha gapga hojat yo‘q.
Maydonga tushganda hech kim yutqazishni xohlamaydi. Agar samaradorlik yuqori bo‘lganida, g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Chempionat boshidagi falokatli holatni eslaysizmi? Keyin esa biz Chempionlar ligasi va kubokda munosib kurashdik... Takrorlayman, hamma gap jamoani boshqarishda, chunki futbolchilar aql bovar qilmaydigan darajada kuch sarflashmoqda. Endi biz qo‘limizdan kelgan barcha raqiblar bilan kurashishimiz kerak», — dedi Simeone.
Ispaniya chempionatining 35 ta o‘yinidan so‘ng, Madridning «Atletiko» jamoasi 63 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Selta» esa 50 ochko bilan oltinchi pog‘onadan joy olgan.