locale OZ

Diyego Simeone Antuan Grizmanning MLSga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

Avvalroq fransiyalik hujumchi «Orlando Siti»ga oʻtishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diyego Simeone Antuan Grizmanning MLSga ehtimoliy transferi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa hujumchisi Antuan Grizmanning Amerika oliy ligasiga (MLS) o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Eng muhimi — Antuanning o‘zi gapirishi va o‘z fikrlarini bayon eta olishidir. Ana o‘shanda, shubhasiz, barcha mamnun bo‘ladi», — deya Simeonening so‘zlarini keltirmoqda Movistar nashri.

Avvalroq OAVda fransiyalik forvardning MLS vakili «Orlando Siti» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Biroq «matraschilar» sport direktori Mateu Alemani futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar jamoani tark etmasligini rasman tasdiqladi.

Joriy mavsumda fransiyalik hujumchi madridliklar safida barcha turnirlar doirasida jami 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur bahslarda Grizman 12 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting