locale OZ

Diskvalifikatsiya qilingan Mudrik yettinchi divizon klubida mashgʻulot oʻtkazmoqda

Ukrainalik futbolchi 2024 yilning noyabr oyidan buyon oʻyinlarda ishtirok etmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diskvalifikatsiya qilingan Mudrik yettinchi divizon klubida mashgʻulot oʻtkazmoqda
FOTO: Getty Images

Doping-testi ijobiy chiqqani sababli diskvalifikatsiya qilingan «Chelsi» yarimhimoyachisi Mixail Mudrik formasini saqlab qolish uchun noodatiy qadam tashladi. Ma'lum bo'lishicha, ukrainalik futbolchi Angliyaning yettinchi divizionida ishtirok etuvchi «Aksbrij» klubi bilan birgalikda shug'ullanmoqda.

«Aksbrij» boshqaruvi raisi Mark Bantok ESPN nashriga vaziyatni quyidagicha izohladi:

«Bu Mudrik va «Aksbrij» o'rtasidagi shaxsiy kelishuv. Diskvalifikatsiyadan keyin u futbol o'ynashni xohlashi aniq, shuning uchun bu uning uchun ajoyib fursat deb o'ylayman. U bilan hammasi joyida».

Shu bilan birga, «Chelsi» rahbariyati ushbu holatga aloqasi yo'qligini ma'lum qildi. Londonliklar rasmiy bayonotida ta'kidlanishicha, o'yinchi diskvalifikatsiya qilingan davrda professional klub tuzilmasida mashg'ulot o'tkazishi taqiqlangan, shu sababli «Chelsi» bu jarayonni nazorat qilmayapti.

Eslatib o'tamiz, Mixail Mudrik oxirgi marta 2024 yil noyabr oyida rasmiy o'yinda maydonga tushgan edi. Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichida «Chelsi» «Haydenxaym»ni 2:0 hisobida mag'lub etgan va Mudrik o'sha o'yinda gol muallifiga aylangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting