locale OZ

Diomande “Real”dagi o‘yin vaqtidan norozi — manba

19 yoshli futbolchi yangi klubida kattaroq rolga ega bo‘lishni kutgan, biroq mavsum boshida asosan zaxiradan maydonga tushmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diomande “Real”dagi o‘yin vaqtidan norozi — manba
Foto: Getty Images

“Real Madrid” vingeri Yan Diomande jamoada olayotgan o‘yin vaqtidan norozi. 19 yoshli futbolchi yangi klubida kattaroq rolga ega bo‘lishni kutgan, biroq mavsum boshida asosan zaxiradan maydonga tushmoqda. Bu haqda OK Diario xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ivuarlik futbolchi bunday vaziyatni kutmagan va ko‘proq imkoniyat olishni istamoqda. “Real”da esa Diomandeni shoshilmaslikka va jamoaga moslashish uchun sabr qilishga chaqirishmoqda.

Diomande joriy mavsum “Real” safida barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 94 daqiqa o‘ynadi. U hozircha biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmagan va gol yoki assist qayd etmagan.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Diomandeni yozda “RB Leypsig”dan 125 million yevro evaziga sotib oldi. Bu transfer uni klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylantirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting