locale OZ

Diomande “Real Madrid”ga o‘tish arafasida mashg‘ulotlarda qatnashmayapti

Futbolchi transfer amalga oshguniga qadar jarohat olish xavfini kamaytirish maqsadida individual dastur asosida shug‘ullanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diomande “Real Madrid”ga o‘tish arafasida mashg‘ulotlarda qatnashmayapti
Foto: Getty Images

“RB Leypsig” vingeri Yan Diomande “Real Madrid”ga ehtimoliy transferi yakunlanishiga yaqinlashgani sababli jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazmayapti. AS nashri xabariga ko‘ra, futbolchi transfer amalga oshguniga qadar jarohat olish xavfini kamaytirish maqsadida individual dastur asosida shug‘ullanmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” va “RB Leypsig” o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar transfer summasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishga harakat qilmoqda, biroq hozircha rasmiy bitim imzolanmagan.

Qayd etilishicha, Diomande allaqachon “Real Madrid” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Endi transferning amalga oshishi ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga bog‘liq.

Shu sababli “RB Leypsig” murabbiylar shtabi futbolchini ortiqcha tavakkalchilikdan asrashni ma’qul ko‘rmoqda. Transfer bo‘yicha hal qiluvchi qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting