locale OZ

Diomand «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi — Romano

Tomonlar besh yillik shartnomaning asosiy shartlari va futbolchining maoshi bo‘yicha kelishib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diomand «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi — Romano
ФОТО: Getty images

Yan Diomand "PSJ" bilan dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar besh yillik shartnomaning asosiy shartlari va futbolchining maoshi bo‘yicha kelishib oldi. Diomandning o‘zi ham faoliyatini aynan Parij klubida davom ettirishni istamoqda.

Endi "PSJ" rahbariyati va futbolchining vakillari uning transfer huquqiga egalik qiluvchi "Leyptsig" bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.

Shuningdek, Diomand transferi Magnes Akliyush bo‘yicha ehtimoliy kelishuvdan alohida olib borilayotgani ta’kidlanmoqda. Biroq Parij klubi har ikki yo‘nalishda ham ish olib bormoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Diomand "Leyptsig" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting