locale OZ

Diogu Jota avtohalokatda halok bo‘ldi

Portugaliya terma jamoasi va “Liverpul” hujumchisi Ispaniyada vafot etdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Portugaliya terma jamoasi va Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Diogu Jota avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda ispan nashri Marca xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Ispaniyada avariyaga uchragan va tirik qolmagan. U rulda o‘zi bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Jota o‘tgan mavsumda “Liverpul” safida Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Bu uning klub bilan ikkinchi chempionligi edi.

OAVning yozishicha, u bor-yo‘g‘i besh kun oldin uylangan edi. Futbol jamoatchiligi bu dahshatli yangilikdan juda qattiq ta’sirlandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting