locale OZ

Diogu Jota APL klubi shon-shuhrat zaliga kiritildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diogu Jota APL klubi shon-shuhrat zaliga kiritildi
Photo: Getty Images

"Vulverxempton"ning sobiq hujumchisi Diogu Jota klub shon-shuhrat zaliga kiritildi. Bu haqda "bo'rilar" rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Diogu Jota klubdagi ajoyib yutuqlari va uning ketishi futbol olamiga chuqur ta’sir ko‘rsatgani uchun "Vulverxempton" shon-shuhrat zaliga kiritildi," - deyiladi "Vulverxempton" bayonotida.

Iyul oyi boshida Jota Ispaniyaning g‘arbiy qismida, Samora provinsiyasida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘ldi. Hujumchi bilan birga mashinada uning ukasi, professional futbolchi Andre Silva ham bo‘lgan.

Jota 2017 yildan 2020 yilgacha "Vulverxempton" safida to‘p tepgan. Bu davrda u barcha musobaqalarda 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting