locale OZ

«Dinamo» «Zenit»ga qarshi maydonga tushadi

Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» «Zenit»ga qarshi maydonga tushadi
Фото: Динамо ПФК

Yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi 2-yig‘in doirasidagi dastlabki o‘yinni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bilan o‘tkazadi.

Uchrashuv Rossiya klubi taklifiga ko‘ra, Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. “Dinamo” jamoasi bugun ushbu bahsda maydonga tushish uchun Dubaydan BAA poytaxti tomon yo‘lga otlanadi. Rossiyaning 10 karra chempioni sanalmish Sergey Semak boshchiligidagi jamoa va Vadim Abramov shogirdlari ikki yil avval ham Abu-Dabida o‘zaro kuch sinashgandi.

“Zenit” – “Dinamo” o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 16:00da, Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. O‘yin jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini. Abu-Dabi
9 fevral (dushanba)
“Zenit” (Rossiya) – “Dinamo” (O‘zbekiston)
O‘yin boshlanish vaqti: 16:00 (BAA), 17:00 (O‘zb).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting