locale OZ

«Dinamo» yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko'radi

Yig'in davomida nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko'radi
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 23-dekabrdan "Dinamo" jamoasi Samarqandda yangi mavsum tayyorgarlik rejasi doirasidagi dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Yangi mavsumda yangi marralarni ko'zlayotgan "Dinamo"ning tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, seleksiya ishlari ham davom ettirilmoqda. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz 23-30-dekabr kuni Samarqandda mashg'ulotga kirishsa, Yangi yil bayramidan keyin – 3-yanvar kuni Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Poytaxtda o'tadigan ikki haftalik tayyorgarlik jarayonidan so'ng "Dinamo" jamoasi 16-yanvardan Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oladi.

Abu-Dabida o'tadigan ikki haftalik yig'in davomida bir qator xorij klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda batafsil ma'lumot beriladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting