locale OZ

«Dinamo» sardori mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Mustafoyev 17 yil avval professional futboldagi debyutini o‘tkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» sardori mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Фото: Динамо ПФК

17 yil avval “Dinamo” safida professional futboldagi debyutini o‘tkazgan Salim Mustafoyev bugunga kelib jamoamiz sardori sanaladi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini jiddiy jarohat sababli o‘tkazib yuborgan Salim Mustafoyev yarim yil ichida to‘liq tiklanib, dekabr oyida jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilgandi. 34 yoshli himoyachi haqiqiy professionalligi evaziga yana mashg‘ulotlarga zo‘r berib ishlamoqda.

“Mustafoyev mehnatsevarligi, kuchli ishtiyoqi va xarakteri, tajribasi hamda yetakchilik qobiliyati bilan jamoada o‘zidan yosh o‘yinchilarga o‘rnak bo‘lib, doim yordamga shay. Ishonamizki, “Dinamo” sardori 2026 yilgi mavsumda ham o‘z o‘yinlari bilan jamoamizni muvaffaqiyat sari yetaklab, ko‘zlangan marralarga yetishadi”, - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting