locale OZ

«Dinamo» Rossiyaning 3 karra chempioni \"Lokomotiv\"ga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Rossiyaning 3 karra chempioni "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 14 fevral kuni "Dinamo" jamoasi BAA ikkinchi yig‘ini doirasidagi uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz Rossiyaning 3 karra chempioni sanalmish "Lokomotiv" klubiga qarshi maydonga chiqadi. Moskva va Samarqand klubi o‘rtasidagi o‘yin Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 12:00, O‘zbekiston vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

"Loko" Rossiya Premer-ligasida 1-davrani ortda qoldirib, chempionlik uchun kurashmoqda va CSKAni ortda qoldirgan holda 3-o‘rinda bormoqda. Dastlabki ikki o‘rinni esa "Krasnodar" va "Zenit" band etgan.

O‘rtoqlik o‘yini.
14 fevral (shanba)
"Lokomotiv" (Rossiya) - "Dinamo" (O‘zbekiston)
O‘yin boshlanish vaqti: 12:00 (BAA), 13:00 (O‘zb).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting