locale OZ

«Dinamo» Rossiya, Armaniston va Qozog‘istonning ko‘p karra chempionlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi

Abu-Dabi va Dubayda jamoani yana 4ta uchrashuv kutib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Rossiya, Armaniston va Qozog‘istonning ko‘p karra chempionlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Фото: Динамо ПФК

Superliga-2026ga yakuniy tayyorgarlik bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazadigan “Dinamo” jamoasi bir qator nomdor klublarga qarshi maydonga tushadi. Klub matbuot xizmati 1-yig‘inda bo‘lgani kabi Dubaydagi 2-yig‘inni ham to‘liq yoritib borishni rejalashtirgan.

Samarqand klubi BAAdagi 1-yig‘inda CSKA ustidan g‘alabaga (4:3) erishgach, kuni kecha Rossiyaning 10 karra chempioni “Zenit” bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuvga erishganini ma’lum qilgandik. Sankt-Peterburg klubi bilan 9 fevral kungi bahs yig‘indagi 1-o‘yin bo‘ladi, Abu-Dabi va Dubayda jamoamizni yana 4ta uchrashuv kutib turibdi.

Xususan, 12 fevral kuni 13 karra Armaniston chempioni “Pyunik” bilan bahs o‘tkazilsa, 14 fevralda Rossiyaning 3 karra chempioni “Lokomotiv” Moskvaga qarshi maydonga tushiladi. Yana ikki kun o‘tib – 16 fevralda esa Qozog‘istonning 7 karra chempioni “Astana” klubi “Dinamo”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 19 fevralda esa 2025 yil Qozog‘iston Premyer-ligasida 4-o‘rinni egallagan “Yelimay” klubi ko‘hna shahar jamoasining Dubay yig‘inidagi so‘nggi raqibiga aylanadi.

Ushbu bahsdan keyin “Dinamo” O‘zbekistonga qaytib, Samarqandda o‘tadigan Superliga 1-turi doirasidagi “Navbahor”ga qarshi o‘yinga hozirlik ko‘radi.

“Dinamo”ning BAA 2-yig‘inidagi o‘yinlari ro‘yxati (6-20 fevral):

9 fevral. Abu-Dabi
“Dinamo” - “Zenit” (Rossiya)

12 fevral. Dubay
“Dinamo” - “Pyunik” (Armaniston)

14 fevral. Abu-Dabi
“Dinamo” - “Lokomotiv” (Rossiya)

16 fevral. Dubay
“Dinamo” - “Astana” (Qozog‘iston)

19 fevral. Dubay
“Dinamo” - “Yelimay” (Qozog‘iston).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting