«Dinamo» rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi
Uning o‘rniga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shuhrat Ro‘ziyev tayinlandi.
Фото: Динамо ПФК
Samarqandning "Dinamo" klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.
Bunga qadar klub direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Dilshod Sharofiddinov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shuhrat Ro‘ziyev tayinlandi.
Avvalroq jamoa hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Klub Marko Stanoevich va Ratinyoni bilan xayrlashgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist