«Dinamo» Qirg'izistonda yig'in o'tkazadi
Samarqand klubi 30 iyundan 11 iyulgacha Issiqko'l shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.
Фото: Динамо ПФК
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi 28 iyun kuni Toshkentdagi yig'inni yakunladi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tayyorgarlik rejasi doirasida ikki kunlik damdan so'ng Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz xorij yig'iniga yo'l oldi.
Samarqand klubi 30 iyundan 11 iyulgacha Qirg'izistonning Issiqko'l shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi. Yig'in davomida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi va jamoamiz nazorat o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" Superliga 12-turida 18 iyul kuni Navoiyda "Qizilqum" klubi mehmoni bo'ladi.