«Dinamo» Pletyonov bilan xayrlashdi
Kelishuv ikki tomonning o‘zaro roziligi asosida bekor qilingan.
Фото: Динамо ПФК
Yangi mavsum oldidan "Dinamo" PFK tarkibida o‘zgarishlar davom etmoqda.
2025 yilgi mavsumning ikkinchi davrasi oldidan "Dinamo" safiga erkin agent sifatida qo‘shilib, 1,5 yillik shartnoma imzolagan Dmitriy Pletyonov jamoani tark etdi. Rossiyalik 27 yoshli legioner bilan amaldagi kelishuv ikki tomonning o‘zaro roziligi asosida bekor qilinganini ma’lum qilamiz.
"Dinamo" PFK Dmitriy Pletyonovning yangi jamoasidagi faoliyatiga omad tilab, yarim yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi. U klubimiz safida Superligada 14 o‘yinda 2 ta gol va bitta assistga mualliflik qilgan.
"Dinamo" PFK mavsum oldi tarkibni kuchaytirish uchun seleksiya jarayonini davom ettirmoqda. Yangi transferlar borasida rasmiy kelishuvga erishilsa, e’lon qilinadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist