«Dinamo» PFKning yangi mavsum oldi tanishtiruv marosimiga marhamat!
«Dinamo» PFKning yangi mavsum oldi tanishtiruv marosimiga marhamat!
2026 yilgi yangi futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan «Dinamo» PFK o‘z an’anasiga ko‘ra, futbolchilar taqdimotini o‘tkazadi.
Tanishtiruv marosimi 26 fevral, payshanba kuni Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida o‘tkaziladi. Tadbirda jamoa a’zolari, viloyat hokimligi, homiy va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, muxlislar, yosh futbolchilar, Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirok etadi. Taqdimot marosimida viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Adiz Boboyev, klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokida «Dinamo» futbolchilariga yangi liboslar topshirilishi rejalashtirilgan.
«Dinamo» jamoasining barcha muxlislari hamda OAV vakillarini taqdimot marosimiga taklif etamiz. Tadbir boshlanish vaqti ertaga ma’lum qilinadi. Yangi futbol mavsumiga bag‘ishlab, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishi rejalashtirilgan taqdimot marosimiga marhamat!