locale OZ

«Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga yetayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda

Nemanov Samarqanddagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston olimpiya jamoasidan ham chaqiruv olib, munosib o‘yin ko‘rsatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga yetayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda
photo: Dinamo fk

«Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga yetayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.

"2025 yilgi mavsum boshida jamoamiz safiga qo‘shilgan darvozabon Edem Nemanov Vadim Abramov murabbiyligida katta o‘sishga erishdi va «Dinamo»ning o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasi takrorlanishiga va kubokda yarimfinalga qadar yetib borishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Samarqanddagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston olimpiya jamoasidan ham chaqiruv olib, munosib o‘yin ko‘rsatdi. Jamoamiz 21 yoshli darvozabon bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi va u 2026 yil oxirigacha «Dinamo» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Umid qilamizki, mamlakatimizning eng iqtidorli golkiperlaridan biri sanalmish Edem Nemanov 2026 yilgi mavsumda ham «Dinamo» sharafini munosib himoya qilib, bildirilgan ishonchni oqlaydi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting