locale OZ

«Dinamo» PFK Marko Stanoyevich bilan amaldagi kelishuv yakuniga yetgani bois xayrlashganini ma’lum qiladi

Serbiyalik 37 yoshli yarimhimoyachi 2025 yil boshida «Dinamo» bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi va kelishuv yakuniga yetgach, tomonlar o‘zaro do‘stona xayrlashishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» PFK Marko Stanoyevich bilan amaldagi kelishuv yakuniga yetgani bois xayrlashganini ma’lum qiladi
photo: Dinamo fk

«Dinamo» PFK Marko Stanoyevich bilan amaldagi kelishuv yakuniga yetgani bois xayrlashganini ma’lum qiladi.

Serbiyalik 37 yoshli yarimhimoyachi 2025 yil boshida «Dinamo» bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi va kelishuv yakuniga yetgach, tomonlar o‘zaro do‘stona xayrlashishdi.

"Marko Stanoyevich mavsum davomida o‘z o‘yinlari, katta tajribasi, insoniyligi va haqiqiy professionalligi bilan jamoamizning yutuqlariga salmoqli hissa qo‘shdi hamda samarqandlik muxlislar mehrini qozondi. U Superliga-2025da 28 o‘yinda maydonga tushib, 1563 daqiqa harakat qilib, 2ta golga mualliflik qildi. O‘zbekiston kubogida ham 4ta o‘yinda to‘p surdi. Bu orqali «Dinamo»ning kubokda yarimfinalgacha yetib borishiga va chempionatda eng yaxshi natijasini takrorlashiga yordam berdi.

«Dinamo» jamoasi Stanoyevichning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Hammasi uchun rahmat, Marko!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting