locale OZ

«Dinamo» – «Lokomotiv»: o‘zaro o‘yinlarda tenglik

“Dinamo” va “Lokomotiv” chempionatlar tarixida o‘zaro 32 marta to‘qnash kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Dinamo” – “Lokomotiv”: o‘zaro o‘yinlarda tenglik
Фото: Динамо ПФК

Superliga 7-turining e’tiborga molik uchrashuvlaridan biri “Dinamo” va “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

“Dinamo” va “Lokomotiv” chempionatlar tarixida o‘zaro 32 marta to‘qnash kelgan. “Dinamo” 13 o‘yinda g‘alaba qozongan, 6 o‘yin durang natijasi bilan yakunlangan. “Lokomotiv” esa “Dinamo”ni shu paytgacha 13 marta mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati “Loko” tomonida – 43:44. O‘zaro o‘yinlarda jamoalar 45 ochkodan qo‘lga kiritgan.

“Lokomotiv”ning o‘zaro o‘yinlarda eng yirik g‘alabasi – 5:1 ga teng. “Dinamo”da bu ko‘rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009-yilgi bahsda Azamat Abdurahimov boshchiligidagi “Dinamo” Ilhom Yunosov, Devid Oniya, Andrey Akopyants, Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimovning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga “Loko”ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting