locale OZ

«Dinamo» jamoasi uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha seminar tashkil etildi

Murabbiylar va futbolchilarni qiziqtirgan savollarga Zokir Qodirov tomonidan batafsil javob berildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Dinamo” jamoasi uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha seminar tashkil etildi
Фото: Динамо ПФК

Superliga ikkinchi qismi startidan avval O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan klublar uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha seminar tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun 14 iyul kuni “Dinamo” jamoasi a’zolari uchun klub qarorgohida O‘FHM mutaxassisi, taniqli nazoratchi Zokir Qodirov ishtirokida IFAB tomonidan futbol o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliyotda qo‘llanish tartibi yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, JCH-2026dagi videolavhalar orqali turli o‘yin vaziyatlari tahlil qilinib, yangi qoidalar asosida hakamlar tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlar yuzasidan amaliy misollar ko‘rsatildi. O‘z o‘rnida murabbiylar va futbolchilarni qiziqtirgan savollarga Zokir Qodirov tomonidan batafsil javob berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting