«Dinamo» jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
Toshkentdagi yig'inda "Mash'al" (3 fevral) va "Orol" (5 fevral) jamoalariga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
Фото: Динамо ПФК
"Dinamo" klubi ikki kunlik dam olishdan so'ng bugun, 1 fevraldan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.
Samarqand jamoasi 16-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib qaytgach, 30-31 yanvar kunlari jamoaga dam berildi, 1 fevraldan esa poytaxtda tayyorgarlikni boshladi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz 1-6 fevral kunlari Toshkentdagi yig'inda "Mash'al" (3 fevral) va "Orol" (5 fevral) jamoalariga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
6 fevral kuni esa Toshkent – Dubay aviareysi orqali ikkinchi xorij yig'inini o'tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketadi. BAAdagi yig'in va raqiblar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist