locale OZ

«Dinamo» jamoasi Superliga 13-turi doirasida «Surxon»ga qarshi maydonga tushadi

Termizda o‘tishi lozim bo‘lgan bahs maydon tayyor emasligi sabab Samarqandga ko‘chirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» jamoasi Superliga 13-turi doirasida «Surxon»ga qarshi maydonga tushadi
photo: Dinamo fk

Bugun, 23 iyul kuni «Dinamo» jamoasi Superliga 13-turi doirasida «Surxon»ga qarshi maydonga tushadi.

«Dinamo» - «Mash’al» (3:1) o‘yinidan 80 kun o‘tib, «Dinamo» jamoasi Superliga doirasida Samarqandda muxlislari qarshisida yana maydonga tushadi. Termizda o‘tishi lozim bo‘lgan bahs maydon tayyor emasligi sabab Samarqandga ko‘chirildi.

Anvar G‘ofurov murabbiyligidagi «Surxon» so‘nggi turda – 18 iyul kuni Andijondan g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, Vadim Abramov ustozligidagi «Dinamo» Navoiydan 3 ochko bilan qaytdi. Bu turda ham ikki tomon faqat g‘alabani ko‘zlab, turnir jadvalida ko‘tarilish imkoniyatiga ega.

Ustoz-shogird murabbiylar to‘qnashuvida Samarqand jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun «Dinamo» stadioniga taklif etamiz! Chipta narxi 25 ming so‘m. Ajoyib futbol atmosferasida ko‘hna shahar jamoasini qo‘llab-quvvatlang!

Superliga. 13-tur
23 iyul (payshanba)
«Surxon» - «Dinamo»
Samarqand, «Dinamo» stadioni.
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00
TV-translyatsiya: Sport

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting