Dinamo jamoasi Dubayga yetib keldi
Yangi mavsumga so‘nggi tayyorgarlik doirasida "Dinamo" jamoasi bugun, 6 fevral kuni Toshkent – Dubay aviareysi orqali Birlashgan Arab Amirliklariga yetib keldi.
6-20 fevral kunlari BAAda jamoamizni kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar hamda 5ta o‘rtoqlik o‘yini kutib turibdi.
Avval xabar berganimizdek, Vadim Abramov shogirdlari Rossiyaning 10 karra chempioni "Zenit" (9 fevral), 12 fevral kuni 13 karra Armaniston chempioni "Pyunik" bilan bahs o‘tkazsa, 14 fevralda Rossiyaning 3 karra chempioni "Lokomotiv" Moskva qarshi maydonga tushiladi. Yana ikki kun o‘tib – 16 fevralda esa Qozog‘istonning 7 karra chempioni "Astana" klubi "Dinamo"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 19 fevralda esa 2025 yil Qozog‘iston Premyer-ligasida 4-o‘rinni egallagan "Yelimay" klubi ko‘hna shahar jamoasining Dubay yig‘inidagi so‘nggi raqibiga aylandi.