«Dinamo» jamoasi bugun Samarqandda yig'iladi
Bugun, 23-fevral kuni "Dinamo" jamoasi Samarqanddagi qarorgohida yig'iladi.
Qadimiy shahar jamoasi Toshkent va BAAda o'tkazilgan mavsumoldi yig'inlarni yakunlab, Samarqanddagi qarorgohida to'planadi va 28-fevral kuni Superliga 1-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi kechadigan o'yin uchun so'nggi tayyorgarliklarni boshlaydi. 1-tur o'yiniga qadar "Dinamo"ning mavsumoldi an'anaviy tanishtiruv marosimi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda rasmiy ma'lumot beriladi.
Eslatib o'tamiz, Superliga 1-turning markaziy o'yini sanalmish "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi 28-fevral, shanba kuni soat 19:15da boshlanadi. Samarqanddagi o'yinga qiziqish juda yuqori, yaqin orada o'yin chiptalari va markaziy sektor uchun mavsumiy abonementlar sotuvi bo'yicha rasmiy e'lon beriladi.