locale OZ

«Dinamo» bugun Rossiyaning 6 karra chempioniga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» bugun Rossiyaning 6 karra chempioniga qarshi o‘ynaydi
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 25-yanvar kuni “Dinamo” jamoasi Dubaydagi markaziy o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiyaning 6 karra chempioni — CSKAga qarshi maydonga chiqadi.

Rossiya Premyer-ligasi grandlaridan biri hisoblangan Moskva klubi hozirda Abu-Dabida yig‘in o‘tkazmoqda. “Armiya jamoasi” 3 kun avval RPL ishtirokchisi “Akron”ni mag‘lub (3:1) etgan bo‘lsa, “Dinamo” Qozog‘iston va BAA klublarini mag‘lubiyatga uchratgan (3:1, 5:0).

Igor Akinfeyev sardorligidagi CSKA bugungi uchrashuvda jangovar tarkib bilan harakat qilsa, “Dinamo”da O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yo‘l olgan asosiy tarkibning to‘rt futbolchisi — Anvarjon Hojimirzayev, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir O‘rozov va Edem Nemanov maydonga tusha olmaydi.

Uchrashuvni Rossiyaning “Okko” telekanali texnik jamoasi jonli efirga uzatadi. BAA poytaxtidagi o‘yin soat 16:00da, O‘zbekiston vaqti bilan esa 17:00da boshlanadi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini.
25-yanvar, Abu-Dabi.
CSKA (Moskva, Rossiya) – Dinamo (Samarqand, O‘zbekiston)
O‘yin boshlanish vaqti: 16:00 (BAA), (17:00, O‘z)
Stadion: Abu-Dabi, Le Meridiene.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting