«Dinamo» Ayessa bilan shartnomani bekor qildi
Avvalroq samarqandliklar Pletnyov bilan ham kelishuvni uzgandi.
FOTO: Getty Images
Samarqandning «Dinamo» klubi fransuz himoyachisi Jessa Ayessa bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
«Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramovning ma’lum qilishicha, kelishuv tomonlarning o‘zaro roziligi asosida bekor qilingan.
Futbolchi dekabr oyining o‘rtalarida O‘zbekistonga kelgan, hatto bir o‘rtoqlik uchrashuvida ham ishtirok etishga ulgurgan. Biroq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning imkoni bo‘lmadi.
Avvalroq «Dinamo» klubi rossiyalik legioner Dmitriy Pletnyov bilan ham tomonlarning o‘zaro roziligi asosida shartnomani bekor qilgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist