locale OZ

«Dinamo» «Aral»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

5 fevral kuni «Dinamo» jamoasi Toshkentda Nukusning «Aral» klubiga qarshi maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Aral»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: Dinamo fk

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» «Aral»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bugun, 5 fevral kuni «Dinamo» jamoasi Toshkentda Nukusning «Aral» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Ne’matilla Qutiboyev murabbiyligidagi Pro liga ishtirokchisini yirik hisobda mag‘lub etishdi.

O‘yinning 2-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayevning uzatmasidan keyin Azizbek Amonov hisobni ochgan bo‘lsa, 8-daqiqada yana Hojimirzayevning uzatmasidan keyin hujumga yetib kelgan urugvaylik himoyachi Mauro Brazil boshi bilan ajoyib golga mualliflik qildi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Nurillo To‘xtasinov va Mirjahon Mirahmadov hisobni yanada yiriklashtirdi – 4:0.

Bugungi bahsda fransiyalik himoyachi Mahammadu Dembele jamoamiz ko‘rigida qatnashdi.

O‘rtoqlik o‘yini. 5 fevral
«Dinamo» - «Aral» - 4:0
Gollar: Azizbek Amonov 2, Mauro Brazil 8, Nurillo To‘xtasinov 55, Mirjahon Mirahmadov 77.
«Dinamo»: Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir O‘rozov, Mahammadu Dembele, Dramane Salou, Jahongir Abdusalomov, Akbar Xudoyberdiyev, Anvarjon Hojimirzayev, Azizbek Amonov, Ulug‘bek Hoshimov.
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug‘bek Abdullayev, Rasul Yo‘ldoshev, Kingsli Sarfo, Bektemir Abdumannonov, Nurillo To‘xtasinov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Mirjahon Mirahmadov, Abdulahad Hoshimov, Behruzbek Obloqulov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting