«Dinamo»: Anvarjon Hojimirzayev mashg‘ulotga qo‘shildi
«Dinamo» to‘purari hozircha yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Фото: Динамо ПФК
«Dinamo» jamoasi Superliga 22-turining markaziy o‘yinida 17 sentyabr kuni Namanganda «Navbahor» jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Vadim Abramov shogirdlari vodiydagi o‘yinga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jarohati qaytalangani sababli bir oydan ko‘proq vaqt davomida jamoamizga yordam bera olmayotgan Anvarjon Hojimirzayev poytaxtdagi yig‘inda mashg‘ulotga qo‘shildi. «Dinamo» to‘purari hozircha yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Klub bosh shifokori Izzat Abduvohidovning ma’lum qilishicha, jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan yosh yarimhimoyachi Abdulahad Hoshimov oktyabr oyidan mashg‘ulotga kirishadi.