locale OZ

Din Huysen rulda telefon bilan tushgan surat sabab tanqid qilindi

Suratda futbolchi jamoadoshi Tiago Pitarch bilan avtomobilda bo‘lib, bir qo‘lida telefon, ikkinchi qo‘lida esa rulni ushlab turgani ko‘rinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Din Huysen rulda telefon bilan tushgan surat sabab tanqid qilindi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” himoyachisi Din Huysen ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat sabab muxlislar tanqidiga uchradi. Suratda futbolchi jamoadoshi Tiago Pitarch bilan avtomobilda bo‘lib, bir qo‘lida telefon, ikkinchi qo‘lida esa rulni ushlab turgani ko‘rinadi. Voqea haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, suratni Tiago Pitarch ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan. Shundan so‘ng ayrim “Real Madrid” muxlislari Huysenning harakatini xavfli deb baholab, uni keskin tanqid qilgan. Biroq surat avtomobil aynan o‘sha paytda harakatlanayotganini aniq tasdiqlamaydi.

Huysen yaqinda Ispaniya terma jamoasiga yana chaqiruv oldi. Shu bilan birga, u “Real Madrid”ning 10-oktabr kuni “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Himoyachi “Atletiko”ga qarshi Madrid derbisida qizil kartochka olgani sabab diskvalifikatsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Din Huysen 2026/27 mavsumida “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 592 daqiqa o‘ynagan. U La Ligada 6 ta uchrashuvda 502 daqiqa, Chempionlar ligasida esa 1 ta bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. Hozircha gol va golli uzatma qayd etmagan, La Ligada esa 1 ta qizil kartochka olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting