locale OZ

Din Heysen Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 qaydnomasidan chetda qolganiga munosabat bildirdi

«Real» himoyachisi JCh-2026 oldidan jamoadoshlariga omad tiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Din Heysen Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 qaydnomasidan chetda qolganiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Din Heysen Ispaniya milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun e’lon qilingan yakuniy qaydnomasiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi.

«Jahon chempionatiga yo‘l olayotgan barcha jamoadoshlarimni tabriklayman! Men ularni xuddi har bir ispaniyalik kabi uydan turib qo‘llab-quvvatlayman», — deb yozdi iqtidorli himoyachi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli turnir uchun Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi «qirollik klubi»ning biror bir a’zosini tarkibga jalb etmadi va bu qaror keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Din Heysen yakunlangan mavsumda «Real Madrid» safida barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

Yosh himoyachi Ispaniya bosh jamoasining JCh-2026 saralash bosqichidagi uchrashuvlarida hamda 2025 yilgi UEFA Millatlar Ligasi bahslarida bevosita ishtirok etib, jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelayotgandi. Shunga qaramay, u yakuniy ro‘yxatdan joy ololmadi va endilikda bor e’tiborini yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting