locale OZ

Dilshodbek Ahmadaliyev — OKMK FK futbolchisi

Ahmadaliyev 2021-yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshodbek Ahmadaliyev — OKMK FK futbolchisi
Фото: ОКМК

OKMK futbol klubi jamoaning ko‘p yillik shakllangan o‘yin uslubini saqlab qolish va o‘ng qanotdagi taktik ustunlikni yanada oshirish maqsadida, tajribali himoyachi Dilshodbek Ahmadaliyevni o‘z safiga qaytardi.

Jamoaning yangi mavsum oldidan shakllantirilayotgan tarkibini yanada kuchaytirish, himoya chizig‘ida barqarorlikni ta’minlash hamda futbolchining ko‘p yillik tajribasini inobatga olgan holda, klub rahbariyati va futbolchi o‘rtasida qayta muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Dilshodbek Ahmadaliyev yana «konchilar» safida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. OKMK FK va mahoratli futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Dilshod Ahmadaliyev 2021-yildan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtga qadar OKMK libosida 146 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning jamoa tizimini mukammal bilishi va ko‘p yillik fidoyiligi yangi mavsum oldidan murabbiylar shtabi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting