locale OZ

Dilshod Xaydarqulov: «Shogirtlarim Samarqandda tayyorgarlik ko'rgan ishlanmalarimizni ko'rsatib berishdi»

«Dinamo» bosh murabbiyi «Surxon» bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dilshod Xaydarqulov: «Shogirtlarim Samarqandda tayyorgarlik ko'rgan ishlanmalarimizni ko'rsatib berishdi»
photo: Futsal Uzbekistan

Futzal bo'yicha «Dinamo» — «Surxon» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan so’ng termizliklar jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Xaydarqulov o’yin haqidagi o’z fikrlarini bildirdi.

«Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bahs davomida shogirtlarim Samarqandda tayyorgarlik ko'rgan ishlanmalarimizni ko'rsatib berishdi. Bu uchrashuvdan yuz foiz qoniqdim.

Kechagi o'yinda qilgan xatolarimizdan xulosa chiqarib, bugungi bahsga tayyorgarlik ko'rdik. Kecha ruhiy tomonlama biroz muammo bo'lgan edi, bugun esa shu holatni bartaraf qilishga urindik. Natija o'zini oqladi va g'alaba qozondik.

«Surxon» ham yaxshi jamoa. Bugun bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Ularga ham keyingi o'yinlarda omad tilayman»,-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting