locale OZ

Dilshod Xaydarkulov: «Qur’adan o‘pkalab bo‘lmaydi»

Oliy liganing 2026/2027-mavsumiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng «Samarqand» PFС bosh murabbiyi Dilshod Xaydarkulov yangi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dilshod Xaydarkulov: «Qur’adan o‘pkalab bo‘lmaydi»
photo: UFF

Oliy liganing 2026/2027-mavsumiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng «Samarqand» PFС bosh murabbiyi Dilshod Xaydarkulov yangi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Futbol olamida “qur’aning ko‘zi ko‘r bo‘ladi, undan o‘pkalash kerak emas”, degan ibora bor. Haqiqatan ham shunday. Qur’a tashlash jarayoni shaffof o‘tdi va unda Oliy liganing barcha klublari vakillari bevosita ishtirok etdi.

Qur’a jarayoni bizga dastlabki turlardanoq kuchli raqiblarni ro‘baro‘ qildi. Ko'p karra O‘zbekiston chempionlari — “Olmaliq” va BMB PFC jamoalariga qarshi o‘yinlar bilan mavsumni boshlaymiz. Nomdor raqiblarga qarshi bahslardan keyin nafas rostlab ulgurmasimizdan, o‘tgan mavsum Birinchi ligada chempion bo‘lib, Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Sayxun”ga qarshi maydonga chiqamiz.

“Samarqand” azaldan iste’dodlar o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Jamoa mamlakatimiz futzaliga yuzlab iqtidorli o‘yinchilarni yetkazib bergan. Ayni paytda ham oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri — iste’dodli yoshlarni mamlakat terma jamoalariga tayyorlab, yetkazib berish.

Shu bilan birga, Oliy ligadagi mavqeimizni munosib saqlab qolish va har bir raqib uchun jiddiy “bosh og‘rig‘i” bo‘lishni maqsad qilganmiz.

Tarkibimizda ko‘plab yosh o‘yinchilar bor. Jamoani xorijlik futzalchilar bilan kuchaytirish borasidagi ishlar ham davom etmoqda.

Ishonamanki, biz Samarqand futzal jamoatchiligini uyaltirib qo‘ymaymiz. Muxlislarimizga munosib o‘yin va ko‘tarinki kayfiyat ulashish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — dedi Dilshod Xaydarkulov.

“Samarqand” PFC yangi mavsumda munosib natija qayd etish va Oliy ligada o‘z so‘ziga ega bo‘lish uchun maydonga chiqadi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting