Dilshod Xaydarkulov – 1-turning “eng yaxshi murabbiyi\"
O‘zbekiston milliy chempionati — Oliy liganing birinchi turidan keyin "eng yaxshi murabbiy"ni aniqlash maqsadida Telegram kanalimizda so‘rovnoma o‘tkazgan edik. So‘rovnomada kuzatuvchilarimiz ancha faollik ko‘rsatishdi. So‘rovnoma bilan jami 18 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz tanishishgan bo‘lishsa, ularning uchdan bir qismi — aniqrog‘i 5670 kishi ovoz berish jarayonida qatnashishdi.
So‘rovnomaga ko‘ra eng ko‘p foiz ovozni "Dinamo" (Samarqand) jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Xaydarkulov oldi — 46%. Liga debyutanti — SQB jamoasi ustozi Konstantin Sviridovning nomzodini kuzatuvchilarimizning 26% qo'llab quvvatlagan. "Nasaf" bosh murabbiyi Alisher Yusupov 20 % ovoz bilan uchinchi o'rinni band etgan bo‘lsa, "BMB PFC" bosh murabbiyi Dilshod Raxmatov 8% ovoz bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy egalladi.

Shunday qilib, 1-tur yakunlariga ko‘ra Dilshod Xaydarkulov "Turning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi.